Sentyabrda Toshkent xalqaro xokkey turniriga mezbonlik qiladi

Sport

image

Oliy xokkey ligasining 2019-2020 yilgi mavsumida O‘zbekiston “Humo” xokkey klubi ishtirok etadi. Xalqaro turnirda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalari ishtirok etadi.

Muntazam chempionat yakunlariga ko‘ra 16 kuchli jamoa pley-off bosqichiga chiqadi va afsonaviy Mixaylov-Petrov-Xarlamov uchligi a’zosi Vladimir Petrov sharafiga nomlangan kubokni qo‘lga kiritish uchun bahslarni davom ettiradi.

“Humo” klubi OXLga tayyorgarlikni bosh murabbiy Yevgeniy Popixin boshchiligida Rossiyaning Nijniy Novgorod shahri yaqinidagi Izumrudniy posyolkasida boshladi. 

Tayyorgarlikning ushbu bosqichi Voskresenskning “Ximik” jamoasi bilan o‘tkazilgan nazorat uchrashuvida “Humo” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Darvoqe, OXL muntazam chempionatida toshkentliklar "Ximik" bilan 4 bor duch kelishadi.

Shundan so‘ng jamoa uchun Toshkentda ikki haftalik mashg‘ulotlar tashkil etildi. Yig‘in yakunida farm-klub – “Xumo-2” bilan ikkita nazorat o‘yini o‘tkazildi. Har ikkala uchrashuvda asosiy tarkib vakillari ustun keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing