Gul tuvaklarda nasha yetishtirayotganlar qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
14 avgust 2019
8164Shu yilning 11 avgust kuni taxminan soat 19:05da jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan tergov jarayonida Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Olmazor tumanida yashovchi 49 yoshli Toxir A. uyining balkonida gul tuvaklarda 4 tup giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin – hind nashasini yetishtirayotgani, hamda 1,37 gramm “marixuana” saqlayotgani aniqlandi uni huquq-tartibot organlari vakillariga topshirdi.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shayxontohur tumanida yashovchi 45 yoshli Baxrom S. xonadonining balkonida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin tupini – hind nashasini yetishtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shu yilning 8 avgust kuni, taxminan 22:10 da Bahromning xonadonini tekshirish jarayonida jinoyat qidiruv xodimlari 10 dona gul tuvagida 15 tup nasha o‘simligini aniqlashdi. Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi (“ Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi