Standartlar ro‘kach qilinmasligi kerak

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jami avtomobil yo‘llar tarmog‘i 184 ming kilometrdan ortiq uzunlikda bo‘lib, shundan 42 ming 676 kilometri umumiy foydalanishdagi yo‘llarni, 116 ming 560 kilometri ichki xo‘jaliklararo, qishloq, shahar va ovularning avtomobil yo‘llari, 24 ming 75 kilometri esa idoraviy inspektorlik yo‘llari tarmog‘i hisoblanadi. 

2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida mamlakatda 3 ming 298 kilometr avtomobil yo‘llarida qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash ishlari rejalashtirilgan edi. Amalda 3 ming 592 kilometr avtomobil yo‘llarida yo‘l ishlari bajarildi. 

Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi. 

Ta’kidlanishicha, Investitsiya dasturiga asosan 62 kilometr uzunlikdagi umumiy foydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llarida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi. To‘la ta’mirlash dasturiga asosan 52 kilometr umumfoydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llari kapital ta’mirlandi. 

QALAMPIR.UZning ba’zi joylarda ta’mirlanayotgan ichki yo‘llarning eni yo‘lsozlar tomonidan standartlar ro‘kach qilinib, avvalgisidan ko‘ra ensizroq ta’mirlanayotgani, bu standartlar bo‘yicha aholiga ma’lumot berilmagani haqidagi savoliga qo‘mita raisi o‘rinbosari bunday standartlar yo‘qligi, agarda ichki yo‘llarni ta’mirlashda ularning eni ilgari qanday bo‘lsa, shundayligicha ya’ni yo‘lning birinchi ko‘rinishi bo‘yicha ham buyiga, ham eniga ta’mirlanishi lozim ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing