Pompeoning aloqasi yo‘q. Mirziyoyevning Rossiyaga safari yanvar boshidayoq bekor qilingan

Jamiyat

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5 fevralga rejalashtirilgan Rossiya Federatsiyasiga tashrifi qoldirilgani haqida xabar bergan edik. Tashrifning qoldirilganini hozircha rasmiy Toshkent va Moskva izohlagani yo‘q. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, tashrif AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeoning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi va Prezident Mirziyoyev bilan uchrashuvidan keyin qoldirilmagan. Aksincha, rejalar yil boshidayoq o‘zgartirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida Toshkentda kechgan учрашувда so‘z borgan. 

16 yanvar kuni kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur’ati tobora ortib borayotganini qayd etgan. 

Unda 2019 yilda ikki mamlakati rahbarlari 5 marta, Bosh vazirlar 7 marta uchrashgani va uchrashuvlar muntazamlik kasb etayotgani aytilgan. 

“Vladimir Vldamirovich bilan so‘nggi uchrashuvimiz Sankt-Peterburgda o‘tgan MDHga a’zo davlatlar rahbarlari majlisidan keyin bo‘ldi. Biz alohida uchrashdik va gaplashdik. Hamma narsa haqida kelishib oldik. Tashrifni esa fevraldan ko‘chirishni iyunga ko‘chirishni ma’qul ko‘rdik”, degan Prezident Shavkat Mirziyoyev. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Sankt-Peterburgda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing