Banklarda dollar kursi 9 200 so‘mga yetdi

Jamiyat

Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekiston banklari bir AQSH dollarini 9 200 so‘mdan sotishni, 9 100 – 9 170 so‘mdan sotib olishni boshladi. So‘nggi kunlarda banklarda dollarning kursi kamida 100 so‘mga ko‘tarildi.

Amerika dollari kursi birjada ham o‘sib bormoqda. 16 avgust kuni O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar yakuni bo‘yicha bir dollar 9084 so‘mga teng bo‘ldi - bu 15 avgustdagi ko‘rsatkichdan 23 so‘mga ko‘p. Savdolar hajmi 123 million dollarga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 179 so‘mga qimmatlab, 1 dollar 9061 so‘mga yetdi. Bu ilk bor rasmiy kurs 9000 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar kurs

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing