Turar va noturar joylarni buzish to‘xtatildi. Barchasi Prezident nazoratiga olindi

Jamiyat

image

Turar va noturar joy ob’ektlarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 27 iyul kuni o‘tgan videoselektorda ma’lum qilgan. 

Bugundan boshlab buzish masalalari bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Ya’ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari buzilishi rejalashtirilgan hududni oldindan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishadi.

Shuningdek, yig‘ilishda qator vazirliklarga bir qator topshiriqlar berildi. Xususan, Qurilish vazirligi respublika bo‘yicha barcha Bosh rejalarni qayta ko‘rib chiqib, ularni ishlab chiqishda turar va noturar joylar buzilishini minimal darajaga keltirish, Adliya vazirligi turar va noturar joylarni buzish va kompensatsiya to‘lovlarini qoplash bilan bog‘liq mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni qayta xatlovdan o‘tkazib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha hukumatga belgilangan muddatda taklif kiritadi.

Videoselektorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga bugundan boshlab qonunchilik talablariga asosan kompensatsiya to‘lanmagan va oldindan ogohlantirilmagan turar va noturar joylarni buzishni to‘xtatish buyurildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing