Maqsadsiz va o‘zboshimcha foydalanilayotgan yer maydonlari ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida bino va inshootlar noqonuniy qurilib, yerlardan maqsadsiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanilmoqda. 

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamasida ta’kidlangan.

Jumladan, Namangan viloyatida 99 gektar, Sirdaryo viloyatida 72 gektar, Buxoro viloyatida 69 gektar, Qashqadaryo viloyatida 15 gektar, Samarqand viloyatida 8 gektar, Jizzax viloyatida 6 gektar, Toshkent viloyatida 4 gektar, Andijon viloyatida 3 gektar, Navoiy va Farg‘ona viloyatida 2 gektar yer maydonlarida bino va inshootlar noqonuniy qurilib, yerlardan maqsadsiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

erlar maydoni

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar