“Ryanair” aviakompaniyasi musulmon erkaklarni alohida nazoratga olmoqchi

Olam

image

"Ryanair" aviakompaniyasi bosh ijrochi direktori, terroristlar asosan musulmonlar ekanligini aytib, ularni aeroportlarda qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tkazish kerakligini aytdi. 

Kecha, 22 fevral kuni e’lon qilingan intervyusida aviakompaniyaning boshlig‘i shunday fikrda: "Bomba portlatuvchilar kimlar? Ular, asosan,  yolg‘iz sayohat qiladigan musulmon erkaklar bo‘lishadi".

"Ryanair" bosh direktori o‘zining munozarali qarashlari bilan tanilgan va yo‘lovchilarni "Ryanair" reyslari paytida hojatxonadan foydalangani uchun haq to‘lash bo‘yicha takliflarni ilgari surgan.

Britaniya Musulmonlar Kengashi aviakompaniya direktori O'Lerini "irqchi va kamsituvchi" deb atadi. Kengashi so‘zlariga ko‘ra, bunday irqchilik "juda ochiq va mag‘rur" tarzda aytilgani odamlarni g‘azablantirgan. Buyuk Britaniyadagi Musulmonlarga qarshi xurujlarni monitoring qilish guruhi esa  O'Lerining fikrlari jirkanch ekanligini aytdi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing