O‘zbekistonda 2019 yilda o‘rtacha oylik 2 mln 300 ming so‘m bo‘lgani aniqlandi
Jamiyat
−
27 yanvar 2020
6169O‘zbekistonda 2018 yilga nisbatan 2019 yilda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2324,5 ming so‘mni tashkil etib, 27,5 % ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichidan sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati – 34 %ga, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar - 24,6 %ga, ta’lim sohasi - 20,8 %ga sezilarli darajada past bo‘lgan.
Shu bilan birga bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyati - 106,4 %ga, axborot va aloqa sohasi - 70,9 %ga respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqoriligi kuzatilgan.
Iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida 2018 yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining o‘sishi kuzatilgan. Ayniqsa, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar - 40,1 %ga, bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyatida - 37,2 %ga, ta’lim sohasida - 33,3 %ga sezilarli o‘sish kuzatilgan.
Hududlarda ayrim iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan eng past ko‘rsatkichlar kuzatildi. Jumladan, Jizzax viloyatida sanoat 36,4 %ga, qurilish 28,2 %ga, tashish va saqlash 49,2 %ga, axborot va aloqa 49,1 %ga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo‘ldi.
Samarqand viloyatida savdo 30,5 %ga, tashish va saqlash 49,1 %ga, axborot va aloqa 51,7 %ga, boshqa faoliyat turlari 17,5 %ga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatida bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 23,5 %ga, ta’lim 8,0 %ga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 5,9 %ga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.
LiveBarchasi