Shavkat Mirziyoyevning yangi haftadagi ish grafigi e’lon qilindi
Jamiyat
−
26 iyul 2021 16479 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining haftalik ish jadvalini e’lon qildi. Unda bir necha uchrashuv yig‘ilishlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Prezidentning bu hafta uchun ish grafigi quyidagicha:
• bugun, 26 iyul kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
• ertaga, 27 iyul kuni davlatimiz rahbari kon-metallurgiya sanoati rivoji bilan tanishadi.
• hafta mobaynida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish;
• hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti avgust oyining boshiga mo‘ljallangan va takliflar 31 iyulgacha qabul qilinadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr