Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishishga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tadi. 

Majlis soat 11:00 da Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yangi binosi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovining natijalariga ko‘ra, O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 

Ma’lumot uchun, saylovda ishtirok etgan nomzodlar quyidagicha ovoz to‘pladi:

•  O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov – 3,4 foiz;

•  O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Naimovich Oblomuradov – 4,1 foiz;

•  O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Keldiyevich Qodirov – 5,5 foiz;

•  O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Azizovna Varisova – 6,6 foiz;

•  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 80,1 foiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing