Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafigi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish rejasi ma’lum qilindi. Hafta davomida Prezident davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo‘lishi ham nazarda tutilgan. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi

Bugun, 17 oktyabr kunining ikkinchi yarmida mahallalarning infratuzilmasi rivojiga ajratilgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish mexanizmlari hamda alohida topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlar, xususan Bosh prokuror Davlat rahbariga hisobot beradi.

Ish haftasi davomida ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga oid muhokamalar rejalashtirilgan.  20-21 oktyabr kunlari Prezident davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo‘ladi.

Tashrif davomida ikki mamlakat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi, ularning yakunida salmoqli, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid hujjatlar to‘plami imzolanadi.

Shuningdek, Prezidentlar Ashxobod shahrida barpo etilgan “Toshkent” bog‘inining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar hamda O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish ishlariga start berilishi reja qilingan.

Oysha Turg‘unpo‘latova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing