Shavkat Mirziyoyevni to‘yga taklif qilgan ayolga Prezident to‘yona yubordi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasiga kutilmaganda, piyoda kirib borgani aks etgan lavha e’lon qilindi. Unda mahalladagi ayollardan biri Prezidentni to‘yga taklif qilgandi.

“To‘y qilayotgandim. Prezident mening to‘y qilayotganimni bil kelyapti, deb o‘zimcha hazillashgandim. Xudoga nolalarim yetib bordi”, degan edi ayol.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ertasi kuni to‘y egalariga Prezident nomidan sovg‘a-salomlar, to‘yonani topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4507

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing