Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
Jamiyat
−
27 avgust 2022
27723O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiyni mamlakat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Prezident tabrigi odatdagidek davlat rahbarining saytida emas, balki O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi veb-sahifasida e’lon qilindi.
“Hurmatli Vladimir Aleksaandrovich!
Sizni va mamlakatingiz xalqini Ukraina milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Shu oyda ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim sana – diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlayotganimizni ham mamnuniyat bilan qayd etaman.
Hech shubha yo‘qki, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bundan keyin ham rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlat rahbarligi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do‘st ukrain xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman”, deyiladi O‘zbekiston Prezidentining tabrigida.
LiveBarchasi