Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

2019 yilda o‘zaro hamkorlikda salmoqli amaliy natijalarga erishilgani va barcha darajalardagi muloqotlar sezilarli faollashgani alohida qayd etildi.

Xususan, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi yuqori sur’atlar bilan barqaror oshib bormoqda. Bir yilning o‘zida 500 qo‘shma korxona tashkil etildi, Rossiyaning yetakchi kompaniya va bakn ishtirokida iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida ustuvor investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi almashinuvlar kengaymoqda.

Shavkat Mirziyoyev Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muloqot chog‘ida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektororlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi yilida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.

Suhbatda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing