Shavkat Mirziyoyev va “Arqadag‘” bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlar ekanlar, kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashib, mamlakatlarning xalqlariga tinchlik, farovonlik, baxt-saodat, muvaffaqiyat va ravnaq tilagan.

Suhbatda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan global inqiroz oqibatlariga qaramay, yakuniga yetayotgan yilda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalariga, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga, o‘xshash tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlar mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda katta natijalarga erishilgani ta’kidlangan.

Prezidentlar 2021 yilda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma rejalarni, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar va xalqaro tuzilmalar, avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi bo‘lajak tadbirlar rejasini atroflicha ko‘rib chiqqan.

Qayd etilishicha, Davlat rahbarlari savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga, kelgusi yilda ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarga boy dasturni amalga oshirishga kelishib olgan. Yangi yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing