Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaat bilan chiqdi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaat bilan chiqdi.

“Fursatdan foydalanib xalqimizga murojaat qilmoqchiman. Aziz xalqimizga, nuroniylarimizga, farzandlarimizga, hammaga juda ehtiyot bo‘laylik. Pandemiya yana o‘zini nimalarga qodir ekanini ko‘rsatyapti. Bu ko‘rinmas dushman biz bilan juda katta kurash olib boryapti. Shuning uchun vaksinatsiya, vaksinatsiya va yana bir marta vaksinatsiya”, deydi Mirziyoyev. 

Davlat rahbari murojaat so‘zida davom etar ekan vaksinalarni olib kelish oson bo‘lmayotganini ta’kidladi. 

“Juda katta mashaqqatlar bilan biz vaksinalarni olib kelyapmiz. 4 avgust kuni yana 3 million yangi doza Amerikadan keladigan bo‘ldi. Mana 2,5 millon doza vaksinalarimiz bor. Lekin odamlarimiz vaksinaga ishonmayapti. Juda katta yo‘qotishlar bo‘lyapti oralarimizda. Mana shu tartibimiz, intizomimiz, har birimizning sog‘lig‘imizga e’tibor qilishga yana bir bor da’vat qilmoqchiman. Befarq bo‘lmaylik. Ko‘rinmas dushman yonimizda yuribdi. Mana ko‘ryapsizlar, shifoxonalarimiz to‘lib ketdi yana. Og‘ir keldi pandemiya va qachon tugaydi, nima qiladi, hech kim bilmaydi”, deydi Prezident O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaati so‘ngida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

775

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing