Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga safarini yakunladi
Jamiyat
−
08:53 1965 1 daqiqa
Kecha, 29 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralar, shuningdek, ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash marosimi bo‘ldi.
Ommaviy axborot vositalari uchun bayonotlarda O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
Davlat rahbarlari Hatay viloyatida O‘zbekiston tomonidan qurilgan turarjoy majmuasini foydalanishga topshirish, shuningdek, Istanbul shahrida o‘zbek maktabi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdilar.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga Toshkentga jo‘nab ketdi. “Esenbog‘a” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Live
Barchasi