Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi. Aeroport oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari va shiorlar bilan bezatilgan.

O‘zbekiston rahbarini kutib olishda ko‘plab yoshlar va  ijodiy jamoalar ham ishtirok etdi.

Prezidentlar muzokaralar davomida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston sherikligining keng ko‘lamli kun tartibini ko‘rib chiqadilar hamda xalqaro va mintaqaviy darajadagi aloqalar yuzasidan fikr almashadi.

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing