Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Jamiyat

image

Bugun, 22 aprel kuni O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi kichik sanoat zonasida joylashgan “UzShoes” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Qashqadaryodagi charm mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan “UzShoes” korxonasida bo‘lgan. Mazkur korxona belaruslik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 6 million dollar evaziga tashkil etilgan. Korxonaga Germaniya, Italiya va Avstriyadan uskuna va jihozlar keltirib o‘rnatilgan. 350 ta ish o‘rni yaratilgan.

Shu bilan birga, Qarshida tikilgan poyabzallar Yevropa mamlakatlaridagi 100 dan ortiq savdo do‘konlarida sotilmoqda. Qo‘shni davlatlar va Hindiston bilan kelishuvlarga erishilgan.

Tashrif davomida, Shavkat Mirziyoyev poyabzallarni tayyorlash jarayonini ko‘zdan kechirgan, shu yerda ishlayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashgan.

Shuningdek, Prezident Qarshi shahrida sport ta’limi bo‘yicha taqdimot bilan tanishgan. Sportni rivojlantirish vaziri yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha 1 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishdagi vazifalar ijrosi to‘g‘risida hisobot bergan. Mutasaddilarga chet ellik mutaxassislarni jalb etib, seleksiya ishlari va o‘quv dasturini to‘g‘ri shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib kelgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing