Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan joroiy yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, forumning asosiy maqsadi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixan yaqin va do‘stona aloqalarni, ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo‘lida mustahkamlashdan iborat.

Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institut va kompaniyalar, yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Forum ishtirokchilari yalpi va sho‘’ba majlislarda mintaqaviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlash doirasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatlarini muhokama qiladi.

Kun tartibidan savdo, investitsiyalar, transport, energetika va innovatsiyalar, “yashil” texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, kooperatsiya bo‘yicha aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va madaniyat sohalarida sheriklikni kengaytirish, ikki mintaqa barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan batafsil fikr almashish va birgalikda takliflar ishlab chiqish o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing