Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi

Jamiyat

image

Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport, hududlararo va gumanitar almashinuv sohalarida, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishga xizmat qiladigan qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiya, shuningdek, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiya va Chegaradosh viloyatlar rahbarlari kengashi ishini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatlariga qarshi kurashish masalalarida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va ko‘maklashishni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston qardosh Qirg‘iziston xalqining tinch va barqaror taraqqiyot, farovonlik va ravnaq sari intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni Sadir Japarov Qirg‘iziston rahbariyati nomidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlagandi. Ushbu sammitda qatnashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Japarovni SHHT sammitida ko‘rayotganidan xursandligini bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing