Shavkat Mirziyoyev Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirini mukofotladi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko va uning o‘rinbosari Oleg Gridnevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan ta’sis etilgan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni topshirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qisqa vaqt ichida o‘zbekistonlik hamkasblariga koronavirusga qarshi kurashishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish uchun 75 nafar yetakchi tibbiyot mutaxassisini yuborgan.

Shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati bilan hamkorlikda O‘zbekistonga 1400 to‘plam test tizimlarini taqdim etgan. Bu virusni o‘z vaqtida aniqlash va COVID-19 tarqalishini oldini olishga ko‘mak bergan.

Vazir Mixail Murashko mukofot uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida samarali hamkorlik qilish, shu jumladan, O‘zbekistonda Rossiya universitetlari filiallarini ochishga umid bildirgan.

Ma’lumot uchun ushbu ko‘krak nishon O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 26 maydagi farmoniga muvofiq koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga beminnat ko‘mak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan yurtdoshlarimiz va xorijiy fuqarolarni taqdirlash maqsadida ta’sis etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing