Shavkat Mirziyoyev Ostonaga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan bugun, 12 oktyabr kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Prezident u yerda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarida ishtirok etadi. Ushbu sammitlar doirasida hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Ulardan biri, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti — mintaqa mamlakatlari o‘rtasida "muloqot forumi" sifatida tanilgan. Uning asosiy maqsadi — Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanishiga qarshi kurashish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Unda Shavkat Mirziyoyev ham nutq so‘zlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing