Shavkat Mirziyoyev Navoiyga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
25 noyabr 2022 8135 1 daqiqa
Bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif davomida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda xalq bilan muloqot rejalashtirilgan.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning dekabr oyida Qirg‘izistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi