Shavkat Mirziyoyev: “Maktablarni ochishimiz kerak” 

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov qabrini ziyorat qilish chog‘ida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan to‘xtalib, maktablarni ochish kerakligini aytdi. 

“Hamma mo‘min-musulmonlarga iltimos qilishimiz kerak. Har bir inson o‘ziga qarasa, eson-omon o‘tib ketamiz. Boshqa yo‘l yo‘q. Ko‘ryapsiz-ku, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya davomiyligini ikki yil deyapti. Ikki yil degani, biz o‘rganishimiz kerak shunga. Yig‘ilmaslik kerak. Tug‘ilgan kun, to‘ylar, hammasi bo‘ladi, Xudo xohlasa. Mustaqillikni ham uyda o‘tkazamiz, boshqa iloj yo‘q. Maktablarni ochishimiz kerak. Qanday ochamiz? Nabiralarimiz bor, bolamiz bor. Qanday ularni jo‘natamiz?”, dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev har bir inson o‘zini-o‘zi, qarindosh-urug‘larini va yaqinlarini asrab avaylashi kerakligini aytdi. Davlat rahbari 60-65 yoshdan oshganlarni qattiq himoya qilish zarurligini ommaga tushuntirish kerakligini ta’kidladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2950

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing