Shavkat Mirziyoyev “LUKOYL” prezidentini qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 mart kuni “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Vagit Alekperov Prezidentga mamlakatda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasi ishtirokidagi ustuvor investitsiya va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot bergan.

Prezident Matbuot xizmatiga ko‘ra, bugungi kunda “LUKOYL” O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan eng yirik investorlardan biri ekanini ta’kidlash joiz. Investitsiyalar hajmi 10 milliard dollarga yetmoqda.

Xususan, 8 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega Qandim gazni qayta ishlash zavodi faoliyat yuritmoqda. Hauzak va Shodi konlari, Janubi-G‘arbiy Hissordagi konlar o‘zlashtirilmoqda. Muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Suhbat chog‘ida pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qo‘shma loyihalarning samaradorligini oshirish va “LUKOYL” kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan idoralararo ishchi guruh tuzish va “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing