Shavkat Mirziyoyev KXSHT sessiyasida ishtirok etdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (KXSHT) Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlab videoanjuman shaklida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon raisligida o‘tgan yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan va KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas qatnashdi.

Sessiyada qo‘shni Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat hamda mintaqadagi barqarorlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchrashuv ishtirokchilarini mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashish, shu jumladan Afg‘oniston bilan Davlat chegarasini ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qildi.

Mamlakat yetakchisi mintaqa davlatlarining aloqador tuzilmalari bilan Afg‘oniston borasida samarali hamkorlik va tezkor axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Sammit yakunida mintaqadagi vaziyat yuzasidan o‘zaro maslahatlashuvlar va muntazam axborot almashishni davom ettirishga kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing