Shavkat Mirziyoyev KXSHT sammitida ishtirok etadi

Jamiyat

image

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish rejasi haqida ma’lumot berdi

Bugun, 23 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) davlat rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etadi. Bunga so‘nggi haftalarda Afg‘onistonda yuz berayotgan voqealar sabab bo‘lgani aytildi.  

Qayd etilishicha, Prezident xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan xatarlar bo‘yicha yaqin xorijdagi hamkor mamlakatlar va mintaqadagi qo‘shnilar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan chuqur tanishadi.

Bundan tashqari, davlat rahbarining haftalik ish rejasidan quyidagilar o‘rin olgan:

•    Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, ekologik holatni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yig‘ilish, sport ta’limini takomillashtirish;

•    Olimpiya zaxirasini yaratish yuzasidan videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan; 

•    Toshkent shahrida atrof-muhit muhofazasiga oid amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishuv;

•    yangi xorijiy elchilarga joriy yilning 27 avgust kuni ishonch yorliqlari topshirish marosimi o‘tkazilishi.

Shuningdek,  brifing avvalida o‘tgan haftada "Yangi O‘zbekiston" gazetasida chop etilgan Prezident intervyusi, davlat rahbarining Germaniya rahbariyati (Shtaynmayer, Merkel bilan) bilan telefon muloqoti, hafta davomida imzolangan hujjatlar va 20 avgust kuni ilk marta o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan muloqot haqida qo‘shimcha axborotlar berildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing