Shavkat Mirziyoyev qator davlatlarning yangi elchilarini qabul qilishi kutilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yaqin kunlarda qator davlatlar, jumladan Rossiya va Turkiyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarining yangi rahbarlari Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Sizlarga yaqin orada mamlakatimizga kelgan bir qator diplomatik vakolatxonalar rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilaman”, degan Asadov.

Ishonch yorliqlari topshirilgandan so‘ng Oleg Malginov (Rossiya elchisi), shuningdek, Bangladesh, Chexiya, Misr, Iordaniya, Turkiya va Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonalarining yangi rahbarlari o‘z vazifalarini rasmiy ravishda boshlashadi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya elchisi allaqachon Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing