Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Qayd etilishicha, tashrif dasturi juda keng. Davlat rahbari bugunning o‘zida klaster va sanoat korxonalarida, fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ladi, bunyodkorlik ishlari, mahallalardagi o‘zgarishlar bilan tanishadi.

Shuningdek, xalq bilan muloqot, viloyat faollari bilan uchrashuv, qishloq xo‘jaligi va sanoat loyihalari taqdimoti ham rejalashtirilgan.

Davlat rahbarining Qashqadaryoga safari ertaga, 22 aprel kuni nihoyasiga yetishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing