Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari bo‘lgan birinchi kundan Islom Karimovning ezgu ishlari davom ettirilishini aytgan edi, uning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qildi, maqbarasi barpo etildi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi.

"Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovni qancha e’zozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga ma’naviyat yetkazgan bo‘lamiz", degan edi Shavkat Mirziyoyev. 

Bugungi tadbir ham shuning bir ifodasi bo‘ldi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Islom Karimovning O‘zbekiston xalqi manfaati yo‘lida qilgan ishlari, mardlik, odillik, kamtarinlik hislatlari yodga olindi.

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

1


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing