Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 18 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi Imom Moturidiy yodgorlik majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining qaroriga muvofiq, o‘tgan yili mamlakatda Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlangandi. Shu munosabat bilan Chokardiza qabristoni hududidagi majmuani qayta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlangan edi.

Umumiy maydoni 10,2 gektar bo‘lgan hududda ziyoratchilar uchun yangi masjid barpo etilgan. Imom Moturidiy va Burhoniddin Marg‘inoniy maqbaralari to‘liq rekonstruksiya qilingan. Majmua tarkibida alloma merosini chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan ilmiy markaz, kutubxona va muzey tashkil etilgan.
Prezident ushbu ilm maskanlarining ahamiyatiga alohida to‘xtalgan.

“Bunday ilm o‘choqlarini tashkil etishdan maqsadimiz – buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish va yoshlarimizga yetkazish. Bizga bugun bu ilm juda kerak. Bu yerda qancha yoshlarimiz Moturidiy bobomizning ming yil oldin yozgan asarlarini o‘rganadi. U zot ming yil oldin har bir masalani chuqur ilm va aniq dalillar bilan asoslab, odamlarni jaholatdan ogohlantirganlar. Ushbu asarlarni o‘rganish, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarimizga yetkazish bugun har qachongidan ham muhim”, deydi O‘zbekiston Prezidenti.

Ziyoratgohning kirish qismida peshtoq, tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxonalar va avtoturargoh barpo etildi. Majmua hududiga mahalliy hamda yurtimiz iqlimiga mos xorijiy daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.
Allomalar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Davlatimrahbari majmuaga kelgan inson Imom Moturidiyning ilmiy-ma’naviy merosi va islom olamidagi o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Bunday buyuk qadamjolarni obod qilish zamirida katta ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim va ilm bor. Odamlar bu yerga kelib, nafaqat ziyorat qilsin, balki bilim olsin, o‘zligini anglasin”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing