Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevga tabrik yo‘lladi
Jamiyat
−
28 may 2019
3275Ozarbayjonda Milliy bayram - Respublika kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga tabrik yo‘lladi.
"Ozarbayjon Milliy bayrami - Respublika kuni bilan Sizni va siz orqali qardosh ozar xalqini tabriklash, eng samimiy tilaklarimni bildirish menga mamnuniyat bahsh etadi.
Sizning rahbarligingizda Ozarbayjon ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar, mamlakatingizning iqtisodiy imkoniyatlari kengayishini mamnuniyat bilan kuzatib kelmoqdamiz.
Aminmanki, O‘zbekiston va Ozarbayjonning strategik hamkorlik, an’anaviy do‘stlik va ikki tomonlama hurmatga asoslangan qardoshlik aloqalari bundan keyin ham xalqlarimiz o‘rtasida yuksalib boraveradi", degan Prezident Mirziyoyev o‘z tabrigida.
Ma’lumot o‘rnida, 1918 yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil etilishi Ozarbayjon tarixida yorqin sahifa hisoblanadi. Keyingi yillar, o‘n yilliklar yorug‘ voqealar, katta yutuqlari bilan mamlakatning va Ozarbayjon xalqining hayot bosqichlarini tashkil etadi.
1918 yilda Ozarbayjon Milliy Kengashi tomonidan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi mustaqilligini tantanali suratda e’lon kilingan. Shu kuni Tiflisda (hozirgi Tbilisi) mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan.
Shu voqealar sharafiga Bakuda ko‘chalardan biri, metropoliten bekati nomlangan va “Istiglaliyat” (mustaqillik) ko‘chasida mustaqillik deklaratsiyasi matni (lotin va arab harflarida) bilan stella o‘rnatilgan.
Tbilisida Kavkazdagi sobiq podsho vakili saroyi zali devorida ozar, gruzin va ingliz tillaridagi yozuv bilan yodgorlik lavhasi o‘rnatilgan.
LiveBarchasi