Shavkat Mirziyoyev IHTda savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishga chaqirdi

Jamiyat

image

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichi 85 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Tashkilotga a’zo davlatlar umumiy tashqi savdosining atigi 8 foizi demakdir. Imtiyozli savdo bitimini tuzish bo‘yicha ko‘p yillik urinishlar esa kutilgan samarani bermayapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan IHTning 16-sammitidagi nutqida so‘z ochdi. 

Prezident Mirziyoyev IHTning asosiy hujjati bo‘lgan “Istiqbollar – 2025” ijrosini sarhisob qilishni qo‘llab-quvvatladi.

Hozircha ishga solinmayotgan katta imkoniyatlarning chuqur tahlili asosida Tashkilotning kelajakdagi ustuvor soha va tarmoqlarini belgilab beruvchi “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” konseptual hujjatini ishlab chiqish vaqti kelgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston rahbari ushbu muhim hujjatda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.

“Birinchidan, o‘zaro savdoni rag‘batlantirish. O‘tgan yili mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichi 85 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Tashkilotga a’zo davlatlar umumiy tashqi savdosining atigi 8 foizi demakdir. Afsuski, imtiyozli savdo bitimini tuzish bo‘yicha ko‘p yillik urinishlar kutilgan samarani bermayapti. To‘siqsiz savdoni shakllantirish yo‘lida hali-hamon ko‘plab cheklov va muammolar saqlanib qolmoqda”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan Prezident O‘zbekiston ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishga chaqirdi. Unda tovar va xizmatlar savdosini yengillashtirish, texnik va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya tartib-qoidalarini raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu chora-tadbirlar orqali 2035 yilga borib o‘zaro savdo hajmlarini kamida ikki barobar ko‘paytirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing