Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga yetib bordi

Jamiyat

image

Bugun, 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Gruziya Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib olgan.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan.

Bugun Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ertaga, 3 iyul kuni O‘zbekiston yetakchisi Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing