Shavkat Mirziyoyev: “Dunyoqarashi o‘zgarmagan rahbarlar ishdan olinadi”
Jamiyat
−
01 aprel 2021
8943Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazmoqda.
Davlat rahbari sohadagi islohotlarni sust ketayotganini tanqid qildi.
“Sohada islohotlarni amalga oshirish kerak. Masalani ichiga kirmagan, dunyoqarashi o‘zgarmagan, savollarga javob bera olmagan soha va hudud rahbarlari ishdan olinadi”, dedi Prezident.
Videoselektor yig‘ilishida tibbiyot sohasida ham “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftari kabi masalani ichiga kirib, muntazam shug‘ullanilmasa, islohotlar natijasi sezilmasligi ham ta’kidlandi.
“Shuning uchun, viloyat, tuman va shahar hokimlari, hududiy tibbiyot bo‘linmalari rahbarlari bir hafta muddatda aprel oyida va yil yakunigacha qiladigan ishlari bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, aniq rejalari bilan xalqqa murojaat qiladi va tizimda o‘zgarish qilishga va’da beradi”, dedi Prezident Mirziyoyev.
LiveBarchasi