Shavkat Mirziyoyev dekabrda Koreyaga safar qiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga boradi. Bu haqda “koreantimes” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlab rejalashtirilgan tashrif asosan COVID-19 sabab qoldirilgan.

“Sentyabr oyiga rejalashtirilgan tashrif, taxminan dekabr oyiga ko‘chirildi”, degan Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi yuqori martabali amaldor.

Tashrifdan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida shartnoma imzolash uchun bir nechta iqtisodiy omillar yuzasidan maslahatlashuvlar ham o‘tkazilyapti.

Tashrif O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Koreyaga safaridan keyin amalga oshiriladigan bo‘lgan. Umurzoqov Koreya Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri Xun Namki bilan uchrashgan. 

Shavkat Mirziyoyev tashrif vaqtida belgilangan 100 ga yaqin loyiha bo‘yicha yanada tezkor va aniq hamkorlikka intilishi taxmin qilinyapti. 

Ma’lumot uchun, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing