Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryoga boradi
Jamiyat
−
26 fevral 4195 1 daqiqa
Bugun, 26 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Safarning keng ko‘lamli dasturidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, ijtimoiy va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish o‘rin olgan.
Ertaga, 27 fevral kuni davlat rahbari Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.