Shavkat Mirziyoyev bir guruh zakovatchilarni mukofotladi

Jamiyat 5992
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zakovat" intellektual o‘yini faol ishtirokchilaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yangi avlod vakillariga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning ezgu intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mustaqil fikrlaydigan, zukko va keng dunyoqarashga ega bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni tarbiyalash borasidagi ishlarga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida alohida ahamiyat berilmoqda.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston yoshlari o‘z kuch va imkoniyatlarini ulkan yutuq va marralarga erishish yo‘lida safarbar etib, Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida yuksak azmu shijoatini yaqqol namoyon etmoqda.

O‘zining yuqori intellektual salohiyati, iqtidor va izlanuvchanligi, tashabbuskorligi va yetakchiligi bilan yoshlarni chuqur bilim olishga, ilm-fan sirlarini egallashga undab kelayotgani, ular o‘rtasida sog‘lom ilmiy-ma’rifiy raqobat muhitini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishda farzandlarimizga alohida o‘rnak va namuna bo‘layotgani, «Zakovat» intellektual klubining qizg‘in va murosasiz bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgani hamda professional bilimdonlar safini kengaytirishga katta hissa qo‘shayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan

Abdullayev Abdurasul Muminovich – "Zakovat" intellektual klubi" nodavlat notijorat tashkiloti direktori

"Kelajak bunyodkori" medali bilan

Jumanov Behzod Tursunbayevich – Gurlan tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Xodjayev Navruz Azamatovich – Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati

Xodjayev Feruzbek Kaxramon o‘g‘li – "Ishonch" do‘konlar tarmog‘ining Xiva filiali boshqaruvchisi, Xorazm viloyati

"Shuhrat" medali bilan

Matkarimov Azamat Xurmatovich – Xiva shahridagi Prezident maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Tajiyev Jamoladdin Nurlayevich – Xiva shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati

Hasanov Shodlik Bekpo‘latovich – Xorazm Ma’mun akademiyasi raisining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Xorazm viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2021 yil 12 oktyabr

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 203
Reyting: 3.1
t
×