Shavkat Mirziyoyev bir guruh Ozarbayjon fuqarolarini mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “Ozarbayjon Respublikasining bir guruh fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni amaliy ma’no-mazmun hamda yangi tashabbuslar bilan boyitish, ikki mamlakatning qardosh xalqlari o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

Mammadova Gulyanaq Zakir qizi - R. Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri vokalisti

“Do‘stlik” ordeni bilan

Mustafayev Shahin Majid o‘g‘li - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi sharqshunoslik instituti bo‘lim mudiri, akademik

Askarov Ramiz Baxshali o‘g‘li - Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor

Binnatova Almas Qasim qizi - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limi mudiri


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing