Shavkat Mirziyoyev Berdimuhamedovni Ko‘ksaroyda rasman kutib oldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, kecha, 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Bugun, 5 oktyabr kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida oliy darajali mehmon sharafiga rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab ikki Prezident ishtirokida davlat madhiyalari yangradi, shundan so‘ng davlatlar rahbarlari faxriy qorovul oldidan ehtirom ko‘rsatib o‘tdilar.

Rasmiy qabul vaqtida ikki mamlakat rahbarlari hukumat a’zolarini o‘zaro tanishtirdi.

Ma’lumot uchun, joriy yil hisobidan O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari 4 marta uchrashib, muzokara olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing