Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning vakilini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasida Belarus delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenkoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida 2019 yil avgust oyida Belarusga qilingan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, keyingi yillarda O‘zbekiston-Belarus ko‘p qirrali hamkorligi rivojida yuqori sur’at kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

“Jumladan, o‘zaro savdo ko‘rkatkichlari barqaror o‘sib, joriy yil boshidan buyon 57 foizga oshdi. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiyasi kengayib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish va mutanosibligini ta’minlash, jumladan, bunga qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish, savdo uylari tarmog‘ini rivojlantirish orqali erishishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatida, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etilgan.

Hududlararo hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion dasturlar va madaniy-gumanitar almashinuvni birgalikda qo‘llab-quvvatlash istiqbollari ham muhokama qilingan. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlari tomonidan “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi yuzasidan kelishuvga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing