Shavkat Mirziyoyev barchani ko‘chat ekishga chorladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barcha faollarga murojaat qilib, har bir ko‘cha, xonadon, yo‘l bo‘ylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekishda yoshlarga bosh bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Prezident bugun, 1 aprel kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida aytib o‘tdi.

“Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Bir ko‘chat – ming baraka”, “Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek”, deb bejiz aytilmagan. Bunday hikmatli so‘zlarning ahamiyati hozir har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotganini barchamiz kundalik hayotda his etib turibmiz”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mahalla raislari, otaxon va onaxonlar, xotin-qizlar vakillari, barcha faollarga murojaat qilib, joylarda milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlarni yanada kengroq targ‘ib qilishga, mahalla aholisini hamjihatlik va ahillik ruhida mana shunday ezgu ishlarga chorlashga, klublar, jamoalar tashkil etib, har bir ko‘cha, xonadon, yo‘l bo‘ylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekishda yoshlarga bosh bo‘lishga chaqirgan.

“Zero, yaxshi niyatda ekilgan har bir ko‘chat bu – hayot, bu – toza havo, bu – sog‘lom muhit, bu – kelajak demak!”, degan davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yashil makon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing