Shavkat Mirziyoyev BAA valiahdi va vitse-prezidentiga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezident Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayonning vafoti munosabati bilan mamlakat valiahd shahzodasi va Vitse-prezidentiga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon va mamlakat vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktumga Prezident Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayonning vafot etgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon kecha, 13 may kuni 73 yoshida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing