“Sharq taronalari”ning yangi logotipi tasdiqlandi
Jamiyat
−
19 avgust 2019
2633Samarqand shahrida 26−30 avgust kunlari “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi bilan birgalikda “Sharq taronalari” xalqaro XII musiqiy festivalining yangi logotipi tasdiqlandi.
Mazkur festival 1997 yildan beri har ikki yilda bir martta o‘tkaziladi. Unga mahalliy va xorijiy davlatlardan musiqashunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar taklif etiladi.
LiveBarchasi