Shanxayda qulagan bino ostidan 17 kishi qutqarib olindi
Olam
−
16 may 2019
3347Bugun, 16 may kuni Xitoyning eng rivojlangan shaharlaridan biri Shanxayda ko‘p qavatli bino qulab tushdi. Qutqaruvchilar qulab tushgan bino vayronalari ostidan 17 kishini qutqarib oldi. Falokat sodir bo‘lgan hududda qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda, deb xabar qiladi mahalliy “Penpey” agentligi shahar o‘t o‘chirish xizmatiga tayanib.
Hodisa ertalab, Channin tumanidagi Chjaoxua ko‘chasida sodir bo‘lgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra, ta’mirdan chiqqan zavod binosining tomi qisman qulab tushdi. Natijada zavod xodimlari vayronalar ostida qolib ketgan.
Hodisa oqibatida qancha odam halok bo‘lganligi haqida rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan. Qulab tushgan tom hududi ming kvadrat metrni tashkil etadi.
LiveBarchasi