Shakiraga qamoq jazosi xavf solmoqda

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ayblovi bilan sudlanishi mumkin. Bu haqda  “Euro Weekly News” gazetasi xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha. prokuratura Shakirani oltita soliq jinoyatida ayblamoqda. To‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ning umumiy miqdori 14 ming 500 yevro. 

Qayd etilishicha, xonanda 2012, 2013 va 2014 yillarda soliq to‘lamagan. Qo‘shiqchining o‘zi bu holatni Bagam orollarida yashaganligi va kamdan-kam hollarda Ispaniyaga tashrif buyurganligi bilan izohlagan. Biroq, ushbu bayonot soliq inspektorlari tomonidan rad etilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davrda Shakira 183 kundan ortiq Ispaniyada yashagan. Bu muddat Shakirani mamlakatning soliq rezidenti, deb hisoblash uchun yetarli ekani aytilgan.

Xabarga ko‘ra, uch yillik tergovdan so‘ng, sudya Shakirani sud zaliga chaqirish uchun yetarli asoslar bor degan xulosaga kelgan. Gazetaning yozishicha, u faqat prokuratura bilan kelishuvga erishgan taqdirdagina sud bo‘lmaydi. Agar jahon yulduzi aybdor deb topilsa, qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 2015 yilda Shakiraning turmush o‘rtog‘i futbolchi Jerar Pike Ispaniya soliq idoralariga 2,5 million yevro qarz edi. Soliq idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi 2007 yildan 2010 yilgacha kam soliq to‘lagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

531

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing