Shakira Pike bilan yarashmoqchi – OAV

Sport

image

Kolumbiyalik estrada yulduzi Shakira “Barselona” futbolchisi Jerar Pikeni kechirishga tayyor. Chunki xonanda hali ham Pikeni juda yaxshi ko‘radi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi 20 yoshli ofitsiant qiz bilan yashirincha ishqiy munosabat o‘rnatgan. Bundan xabar topgan Shakira joriy yilning 12 iyunida himoyachi bilan munosabatlarini uzishini ma’lum qildi. Biroq hozirda Jerar ismi oshkor qilinmagan “sevgilisi” bilan aloqani to‘xtatgan va kolumbiyalik qo‘shiqchi bilan norasmiy oilasini tiklamoqchi.

Qayd etish joizki, Ispaniyaning yetakchi nashrlari Shakira Pikega ikkinchi imkoniyat berishi mumkinligini va uni kechirishga tayyorligi haqida yozmoqda. Sababi xonanda 35 yoshli futbolchiga nisbatan iliq tuyg‘ularni yo‘qotmagan.

Shuningdek, kolumbiyalik estrada yulduzining onasi Nidiya Ridoll er-xotinni yarashishga undamoqda. 

“Albatta, men ularning yana birga bo‘lishlarini istardim. Xudoga shukur, Shakira kundan-kunga o‘zini yaxshi his qilmoqda” degan qo‘shiqchining onasi “Europress” nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, Pike va Shakira farzandlari kim bilan yashashi to‘g‘risida kelisholmayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Shakira 1977 yilda tug‘ilgan. Ya’ni, u 1987 yilda tavallud topgan Pikedan 10 yoshga kattadir. Juftlikning o‘zaro munosabatlari 2010 yilda boshlangan. Hozirda ularning ikki nafar farzandi bor. Lekin ular hech qachon rasmiy nikohdan o‘tmagan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

369

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing