Shakira Pike bilan ajrashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

“Barselona” himoyachisi Jerar Pike va taniqli xonanda Shakira ajrashdi. “El Periodico” xabariga ko‘ra, xonanda futbolchi unga xiyonat qilganini bilib qolgan.

Nashrning yozishicha, Pike bir necha haftadan beri o‘zining eski kvartirasida yolg‘iz yashayapti.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi Rikard Puch bilan Bling Bling va Patron tungi klublariga tez-tez borib turadi. Ikkala klubda ham Pike “boshqa ayollar hamrohligida ko‘rinish bergan”. Jerar ertalab “Barsa” bilan mashg‘ulot o‘tkazishiga to‘g‘ri kelishiga qaramay, tungi soat 2-3 gacha ziyofatlarda bo‘lgan.

Pike va Shakira 2011 yildan beri munosabatda bo‘lib kelmoqda, biroq juftlik rasman turmush qurmagan. Ularning ikki farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1755

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing